Oqqo‘rg‘ondagi bog‘chada zaharlangan bolalarning qanchasi hali ham og‘ir ahvoldaligi ma’lum qilindi
Maktabgacha ta’lim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Joriy yilning 23 avgust 16:00 soat xolatiga ko‘ra,bemor bolalardan yana 2 nafari qoniqarli ahvolda uylariga ruxsat berildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida jami 5 nafar tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 1 nafarining holati og‘ir, 1 nafarining holati o‘rta og‘ir, 3 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda.
Avvalroq, 19 avgust holatiga ko'ra, Oqqo‘rg‘ondagi bog'chada zaharlangan tarbiyalanuvchilarning 9 nafari hamon kasalxonada qolib davolanayotgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, mazkur bog'chada 12 avgust kuni 25 nafar bola zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgandi. Bolalar zaharlangani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110500 | Инструменты