Huawei 1
Orolbo‘yida Climate Expo ko‘rgazmasi va “Orol vodiysi” iqlim texnologiyalari ekspo-xabi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Orolbo‘yi mintaqasida 2030-yilgacha bo‘lgan davrda ekologik innovatsiyalar va iqlim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror loyihasi tayyorlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar qildi.

Loyihaga ko‘ra, “Ekologik tadbirkorlik”ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy iqlim xususiyatlariga chidamli o‘simlik turlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Orol vodiysi” (The Aral valley) iqlim texnologiyalari ekspo-xabini barpo etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ekologik mahsulotlar urug‘lari va ko‘chatlarini yetishtirish, olib kirish va plantatsiyalarni tashkil etish yuzasidan startap loyihalarning xalqaro tanlovini tashkil etish, loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish, eksportni yo‘lga qo‘ygan korxonalar uchun imtiyozli kreditlarni ajratishni yo‘lga qo‘yish va ularni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Orolbo‘yi mintaqasida iqlim barqarorligini ta’minlash va ekologik muammolarga bag‘ishlangan Climate Expo ko‘rgazmasini tashkil etish, Orolbo‘yi hududini barqaror rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamjamiyatni keng jalb etish maqsadida Mo‘ynoq tumanida ochiq osmon ostida “Orol tabiati laboratoriyasi”ni tashkil etish belgilanmoqda.

“Qaror loyihasini yanada takomillashtirish maqsadida tashabbuslar va amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlarga taklif va tavsiyalar asosida qo‘shimchalar hamda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111420 | Инструменты