“Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko'maklashish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident qarori (PQ-61-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko'maklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi:
- o'z biznes g'oyalarini amalga oshirish istagi bo'lgan oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g'oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to'liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;
- oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o'rtasida sohalar bo'yicha ochiq tanlovlar o'tkazish va g'oliblarni ish bilan ta'minlashga ko'maklashish.
Bunda:
- salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy ma'lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo'yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;
- tanlov g'oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko'ra individual kasbiy ta'lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;
- individual kasbiy ta'lim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o'tash va chet eldagi oliy ta'lim tashkilotlarida qisqa muddatli o'quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22100 | Инструменты