2024-yil 13-dekabr kuni Toshkent shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida energetika sohasidagi yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqov jurnalistlarga intervyu bergan.
Shavkat Umrzoqovga berilgan savollardan biri shaharda isitish tizimi qanday ishlayotgani haqida bo‘lgan.
Bugun 11 mingdan ortiq kvartira bo‘lsa, qancha xonadon “otopleniye” bo‘yicha shikoyat qilyapti? Ular 100 dona atrofida — bu yaxshi ko‘rsatkich. Avval bunday kam emas edi. Shikoyatlarni o‘rgansak, asosan uyning bitta xonasida batareyalar isityapti, ikkinchisida yaxshi isitmayapti deydigan masalalar ko‘tariladi. Hozir Veolia kompaniyasi 1960-yildagi eski quvurlarni almashtiryapti. Ikki yildan beri yerosti tarmoqlaridagi issiqlik energiyasi va gaz sohasi raqamlashtirilib, yangi quvurlar o‘rnatilyapti. Kabellar tortilib, podstansiyalar qurilyapti. Joriy yilning o‘zida (2024-yil–tahr.) 28 ta podstansiya to‘liq modernizatsiya qilindi. Bu butun shahar uchun qo‘shimcha 600 MVt quvvat degani. Hozir tizimga ketayotgan suvning harorati bilan issiqlik stansiyasiga qaytayotgan haroratini qarasanglar maksimum 15 daraja. Eng rivojlangan Yevropa davlatlarini ham ko‘ring, ularda bu ko‘rsatkich -15 gradus bo‘lib qaytyapti. Umuman olganda, 100 nafar odamning uyi yaxshi isimayotgani, qaysidir quvur isitmayotgani normal holat. Muammolar bor edi, issiqlik oxirgi nuqtalarga yetib bormayotgandi. Bu hal qilinmoqda. Ham elektr ishlab chiqarib, ham issiqlik beradigan loyihalar amalga oshirilyapti, dedi hokim.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10502 | Инструменты