O'zbekiston aholisi soni 34,7 millionga yetdi

Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni yil boshidan 136,7 ming kishiga oshdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-aprel holatiga koʻra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,7 mln. kishini tashkil etmoqda.

Doimiy aholining oʻsish surʼati 101,9 % ga teng.

Mamlakatimiz aholisi yil boshidan har oyda oʻrtacha 45,9 ming kishiga koʻpaygan.

2021-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,5 ming kishiga oshgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-aprel holatiga koʻra, respublikamiz hududlarining doimiy aholisi soni quyidagicha:
Samarqand viloyati – 4,0 mln. kishi
Fargʻona viloyati – 3,8 mln. kishi
Qashqadaryo viloyati – 3,3 mln. kishi
Andijon viloyati – 3,2 mln. kishi
Toshkent viloyati – 3,0 mln. kishi
Namangan viloyati – 2,9 mln. kishi
Toshkent shahri – 2,7 mln. kishi
Surxondaryo viloyati – 2,7 mln. kishi
Buxoro viloyati – 2,0 mln. kishi
Qoraqalpogʻiston R. – 1,9 mln. kishi
Xorazm viloyati – 1,9 mln. kishi
Jizzax viloyati – 1,4 mln. kishi
Navoiy viloyati – 1,0 mln. kishi
Sirdaryo viloyati – 0,9 mln. kishi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61205 | Инструменты