Huawei 1
O'zbekiston bosh konsuli Qozog'iston TIVga lavozimiga tayinlanganligi to'g'risidagi konsullik patentini topshirdi

Olmaota shahrida O'zbekiston bosh konsuli Raushanbek Matchanovning Qozog'iston Tashqi ishlar vazirligi vakolatxonasi rahbari Janibek Abdrashov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Suhbat davomida O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va savdo-iqtisodiy, qishloq xo'jaligi, madaniy-gumanitar hamda turizm sohalarida rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

O'zbekiston fuqarolarining Qozog'istonga moslashuvi va mehnat muhojirlarining muammolari masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuv doirasida Raushanbek Matchanov Qozog'iston TIV vakolatxonasi rahbariga bosh konsul lavozimiga tayinlanganligi to'g'risidagi konsullik patentini topshirdi. Shundan so'ng, unga ekzekvatura berildi.

Janibek Abdrashev Raushanbek Matchanovni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

O'zbekistonning yangi tayinlangan bosh konsuli 50 yoshda. U Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. 2001-yildan buyon O'zbekiston TIVda ishlab kelmoqda. Jumladan, Novosibirsk (Rossiya) shahridagi bosh konsul lavozimida faoliyat ko'rsatgan.

Raushanbek Matchanov 2023-2024-yillarda O'zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga rahbarlik qilgan Abdurahim Qayumov o'rniga tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100516 | Инструменты