Huawei 1
Toshkentning ikki tumanida giyohvandlik moddasi saqlayotgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida 20-sentyabrdan giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash oyligi izchil davom ettirilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Uchtepa tumanida yashovchi Sh.N.ning xonadonida tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan 2 ta qop, 2 ta sellofan paket, 1ta gugurt qutisi va 1 ta qog‘oz o‘ramida, shuningdek, yerto‘lada 12 ta 3 litrlik bankada, 6 ta o‘ramda yashil rangli, o‘tkir hidli o‘tsimon moddalar saqlab kelingani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar tergov bo‘limiga taqdim etilgan.

Shuningdek, Chilonzor tumanida joylashgan sport zalining masʼul xizmatchisi, 1987-yilda tug‘ilgan Sh.ning yonidan 2 dona polietilen paketga solingan o‘tkir hidli, oq kukunsimon modda topilgan. 

Mashg‘ulotlar zalining dam olish xonasi ko‘zdan kechirilganda 1 dona mumiyosimon modda solingan polietilen paket, elektron tarozi, o‘tkir tig‘li pichoq va ichki qismida jigarrang dog‘lari bo‘lgan yelim idish huquq-tartibot idoralari xodimlari eʼtiboridan chetda qolmadi. 

Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tuman IIO FMB Tergov bo‘limiga taqdim etilgan.

Holatlar yuzasidan Tergov bo‘limlari tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100517 | Инструменты