Huawei 1
O'zbekiston hududlari va Hindistonning Goa shtati o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar mustahkamlanmoqda

Goa shtatining ma'muriy markazi – Panaji shahrida O'zbekiston–Hindiston savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini yana-da rivojlantirish istiqbollariga bag'ishlangan biznes-forum bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA.

O'zbekiston elchixonasi hamda Hindiston importchilari savdo va sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Goa shtati ishbilarmon doiralari, yirik kompaniya va tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.

Biznes-forum qatnashchilari O'zbekistonda iqtisodiyot, savdo-sanoat, qishloq xo'jaligi, IT-tarmog'i, turizm, tibbiyot, ilm-fan va ta'lim, boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xalqaro investitsiyaviy hamkorlik uchun yaratilgan qulay muhit bilan yaqindan tanishdi.

Goa shtati va unga tutash hududlarda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar va tadbirkorlik tuzilmalari bilan istiqbolli qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101421 | Инструменты