Joriy yilning 16-fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-19-fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
16-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-19 fevralda O‘zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) kuzatiladi, 17-18 fevralda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi.
16-18-fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
18-19-fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17-19-fevral kunlari harorat kechalari 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110304 | Инструменты