Huawei 2
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi Saudiya Arabistonida o'tgan Islomiy fiqh akademiyasi anjumanida ishtirok etdi

Islom olami uyushmasi bosh kotibi, Musulmon olimlar hay'ati raisi, Shayx Doktor Muhammad Abdulkarim al-Isoning taklifiga binoan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Tashrifdan maqsad joriy yil 20-22-aprel kunlari Ar-Riyoz shahrida o'tkazilgan Islom olami uyushmasi huzuridagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig'ilishida ishtirok etishdan iborat bo'lgan.

Xalqaro anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan taniqli ulamolar, muftiylar, olimlar, yetuk ekspertlar, davlat va din arboblari hamda xalqaro islomiy tashkilotlar yetakchilari va boshqalar qatnashdi.

Tadbirda islomiy fiqh mavzusidagi dolzarb masalalar, tinchlik-osoyishtalikni ta'minlash, xalqlar o'rtasidagi hamjihatlikni ta'minlash, elektron vositalar bilan savdo qilish, zamonaviy teleskop va raqamli texnologiyalar orqali oyni kuzatish, vaqf mulkiy munosabatlari, zakot to'lashga oid hukmlar hamda namoz va xutbalarda ovozli ekranlardan foydalanish kabi muhim masalalar ko'rib chiqildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga