Huawei 1
O'zbekiston-Polsha munosabatlarini yana-da rivojlantirish muhokama qilindi

Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Dilshod Rasulov Polsha Madaniyat va milliy meros vazirligi davlat kotibi Bojena Jelazovska boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA palataning telegram-kanaliga tayanib.

Muloqotda O'zbekistonning Polshadagi elchisi Amirsaid Agzamxo'jayev ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda O'zbekiston-Polsha munosabatlarining hozirgi holati, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda aloqalarni yana-da rivojlantirish nuqtai-nazaridan muhokama qilindi.

Shuningdek, O'zbekistonda xotin-qizlarni davlat boshqaruvida faolligini oshirish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va so'ngi yillarda erishilgan natijalarga to'xtalib o'tildi.

Muloqot yakunida tomonlar munosabatlarni yana-da rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirib, qo'shma tadbirlar tashkil etishga kelishib oldi.

Eslatib o'tamiz, mamlakatimizda 20-26 sentyabr kunlari "O'zbekiston va Polsha hamkorlik haftaligi" o'tkazilmoqda. 20 sentyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O'zbekiston-Polsha ishbilarmon ayollari biznes-forumi bo'lib o'tdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92218 | Инструменты