Huawei 1
Toshkentda ona farzandini vahshiylarcha kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi yosh bolani urganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IBB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning fevral oylarida 1997 yilda tug‘ilgan ayol Shayxontohur tumanida joylashgan yashash xonadonida 2020 yilda tug‘ilgan farzandiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni jahl ustida urgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

“Tergov harakatlari davom etmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92218 | Инструменты