Huawei 1
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi bo‘lib o‘tdi

Chexiyaning Brno shahrida aralash yakka kurashlar bo‘yicha Oсtagon MMA 61 turniri bo‘lib o‘tdi. Oqshomning co-main event, ya’ni ikkinchi asosiy jangida o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodov oktagonga chiqdi. 

O‘rta vazn toifasidagi Murodovga angliyalik Skott Askxem raqiblik qildi. Uch raund to‘liq davom etgan jangda Murodov ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi. 

Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov 2019-2024 yillar davomida UFC'da 7 ta jang o‘tkazib, 4 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Uning so‘nggi jangi o‘tkazilmagan deb topilgandi. Muradovning raqibi Skott Asxem esa faoliyatidagi yettinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. G‘alabalari soni 20 taligicha qoldi. Uning UFC'dagi rekordi 2 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyatdan iborat. Murodov joriy yilning iyun oyida Chexiya va Slovakiya davlatlarida janglar tashkil etadigan Octagon MMA ligasi bilan shartnoma imzolagandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92219 | Инструменты