Huawei 1
Erondagi ko‘mir konida portlash oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Eron sharqida joylashgan Janubiy Xuroson viloyatidagi Tabas shahri yaqinida “Madanju” shirkati tomonidan boshqariladigan ko‘mir konida gaz portlashi kamida 51 kishini hayotdan olib ketdi, 20 kishi yaralandi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.

Portlash 21 sentyabr kuni sodir bo‘lgan va avariya qamrab olgan B hamda S bloklari 250 metr chuqurlikda va 700 metr uzunlikda joylashgan.

Viloyat rahbari Javad Genaat qutqaruvchilar vayronalar ostidan 22 konchini ozod qilishga urinayotgani haqida aytgan edi. Qutqaruv operatsiyasiga shaxtada metan to‘planib qolgani to‘sqinlik qilgan. Davlat televideniyesi ma’lumotlariga ko‘ra, fojia vaqtida ichkarida 69 kishi bo‘lgan.

“17 nafar yarador shifoxonaga yotqizildi, 24 kishi bedarak yo‘qolgan”, degan Erondagi Qizil xoch jamiyati rahbari.

Eron Prezidenti Ma’sud Pezeshkiyon qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

“Men vazirlar bilan gaplashdim va qo‘shimcha choralar ko‘rish uchun hamma narsani qilamiz”, degan u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92220 | Инструменты