Huawei 1
Janubiy Afrikada qor yog‘di

Janubiy Afrikada o‘n soat davomida to‘xtovsiz qor yog‘ib, yo‘llarni qopladi va transport harakatini to‘xtatdi. Ayrim hududlarda ikki metrgacha qor yog‘gan. Sinoptiklarning aytishicha, bu ekstremal holat.

Nam havo oqimi JAR tog‘lariga yaxshigina qor bo‘ron bilan yopirilgan. Lekin, bu Janubiy Afrikaning hamma yeriga qor yog‘di degani emas.

Masalan, Yoxunsburg va Durban kabi tekilik hududlarida (dengiz sathidan 100 metrgacha baland shaxarlar) tungi minimum havo haroratlari +4°S +9°S gacha pastlagan. Bu harorat rejimida tabiiyki qor yog‘maydi.

Ammo, dengiz sathidan 1.4 km balandlikdagi Mooy—River xududida kecha harorat nol darajagacha pasaygan va sutka davomida 37 mm ga yaqin yog‘ingarchilik kuzatilgan. Bu miqdor agarda qor ko‘rinishida yog‘sa ham birdaniga 2 metr qalinlikdagi qor qoplamini bermagan bo‘lardi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92218 | Инструменты