Huawei 1
Isroilning G‘azodagi maktabga qilgan hujumi oqibatida halok bo'lganlar soni 22 kishiga yetdi

Avvalroq, Isroil armiyasi G‘azo shahri sharqida tinch aholi tomonidan boshpana sifatida foydalanilayotgan az-Zeytun maktabiga uyushtirgan hujmi oqibatida 17 kishi halok bo'lgani haqida xabar berilgan edi. Al-Jazira telekanaliga ko‘ra, hodisa oqibatida vafot etganlar soni 22 kishiga yetdi. 

Qayd etilishicha, portlash oqibatida to‘qqiz nafar bola oyoq-qo‘lidan ayrilgan, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan.

Isroil armiyasi tomonidan hujumga uchragan eksklavdagi boshpanalar soni 181 taga yetdi, deya qayd etdi hukumat matbuot xizmati va dunyo davlatlarini Isroilning jinoiy harakatlarini qoralashga chaqirdi.

"Davom etayotgan genotsid, tinch aholini qirg‘in qilish, maktablar va boshpana markazlariga qilingan hujumlar uchun javobgarlik to‘liq Isroil va AQSh rahbariyatida", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92218 | Инструменты