Huawei 1
O'zbekiston va Shveysariya ikki tomonlama xalqaro avtomobil tashuvlarini ruxsatnomasiz amalga oshirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Shveysariya ikki tomonlama xalqaro avtomobil tashuvlarini ruxsatnomasiz amalga oshirishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA. 

Qayd etilishicha, 2023-yil 23-iyunda imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi o‘rtasida 2002-yil 3-aprelda imzolangan yo‘lovchilar hamda yuklarni avtomobilda xalqaro tashish to‘g‘risidagi bitimga va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi bayonnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma 2024-yil 8-fevraldan eʼtiboran kuchga kirdi.

Mazkur hujjatning asosiy maqsadi O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida ikki tomonlama xalqaro avtomobil tashuvlarini ruxsatnomasiz amalga oshirish hisoblanadi. 

Ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi avtotashuvchilar uchun ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi va yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты