Shu yil 28 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Tojikiston muftiysi Saidmukarram Abduqodirzoda janoblarini qabul qildilar.
Muloqotda tomonlar azal-azaldan bir-biriga yaqin qo‘shni, qondosh-qarindosh ikki xalqning bir-biriga mehri hamisha osmon qadar baland ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, ikki davlat rahbarlarining odilona va oqilona sa’y-harakatlari tufayli urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari biri-biriga hamohang bo‘lgan ikki xalqning hamjihatligi yanada mustahkam bo‘layotgani e’tirof etildi.
Muftiylar muhim masalalarda fatvolar ishlab chiqish, dolzarb shar’iy masalalarga yechim topish hamda Ramazon va ikki hayit kunlarini aniqlash, shuningdek, davrning o‘tkir mavzularida turli uchrashuv va muloqotlar qilishga kelishib oldilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20514 | Инструменты