O'zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov "Turkmankimyo" davlat konserni raisi Davrongeldi Sapboyev uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Tomonlar kimyo sanoati sohasida ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirishga oid dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qildilar.
O'zbekiston va Turkmanistonning bu boradagi mavjud salohiyatidan foydalangan holda qo'shma loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga e'tibor qaratildi.
Shuningdek, ikki mamlakat hududlari o'rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirishdan tomonlarning manfaatdorligi qayd etildi.
Oliy darajada erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarning tizimli va izchil amalga oshirilishini ta'minlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32521 | Инструменты