Huawei 1
O'zbekistonda 500 kvli G'uzor – Regar elektr uzatish tarmog'ini tiklash investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda

Energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash, iste'molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlash borasida Tojikiston Respublikasi bilan hamkorlikda bir qator investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “O'zbekiston Respublikasida 500 kVli G'uzor – Regar (L-507) elektr uzatish tarmog'ini tiklash” investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida 500 kVli G'uzor – Regar (L-507) elektr uzatish tarmog'ining O'zbekiston Respublikasi hududidagi 63 kilometr uzunlikdagi qismi qayta quriladi. Loyihaning dastlabki qiymati 25 million AQSH dollarni tashkil etadi.

Xalqaro tender tanlovlari natijalariga ko'ra, Xitoy Xalq Respublikasining “Shanghai Electric Power Transmission & Distribution” kompaniyasi g'olib deb topildi va mazkur investitsion loyiha ushbu kompaniya bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Loyiha Tojikiston Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyasi bayonnomasi asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha O'zbekiston va Tojikiston energiya tizimlarining paralell ishlashi vaqtida elektr energiyasi ishonchliligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112420 | Инструменты