O'zbekistonda 6 oy ichida 41 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi

2022-yilning yarim yilligida 185 nafar sudya ochiq va oshkora o‘tkazilgan tanlovlar natijasida tayinlangan, deya xabar bermoqda Sudyalar oliy kengashi.

Tayinlanganlar muhokama etilgan nomzodlarning 62,5 foizi bo‘lib, ularning 7 nafari sudyalik lavozimida bo‘lishning 5 yillik, 66 nafari 10 yillik, 1 nafari muddatsiz davrga tayinlangan bo‘lsa, 11 nafari vakolati muddatiga qayta tayinlangan.  

2022-yil yarim yilligida Sudyalar oliy kengashi tomonidan jami 41 nafar sudyaning vakolati muddati ilgari tugatilgan.

Shundan o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod etilgan sudyalar soni 21 nafar, arizasi hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun 12 nafar, odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi, sud ishini tashkil etishda beparvolik va intizomsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun 1 nafar, qasamyodni buzganligi sababli 3 nafarni tashkil qiladi. Bundan tashqari  227 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortildi.

Ma'lumot o'rnida, respublika bo‘yicha 1278 ta sudyaning 174 nafari ayol sudya, ularning 26 nafari rahbar sudya lavozimida faoliyat yuritadi. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2022-yilning birinchi choragida 22 nafar sudya vazifasidan ozod etilgani va 80 nafari esa intizomiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51117 | Инструменты