Huawei 1
O'zbekistonda 9 oyda salkam 35 ming nafar oila nikohdan qonuniy ajrashgan

2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha 34 464 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Afsuski, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.

Hududlar kesimida nikohdan ajralishlar soni bo‘yicha eng ko‘p Toshkent shahri (4433 ta) va Farg‘ona viloyatida (3979 ta) qayd etilgan. 

Unga ko'ra, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni bo‘yicha Toshkent shahri (2 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekanligi kuzatildi.

Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni:

Toshkent shahri – 4433 ta

Farg‘ona viloyati – 3979 ta

Toshkent viloyati – 3845 ta  

Samarqand viloyati – 3799 ta

Andijon viloyati – 3673 ta

Namangan viloyati – 3250 ta 

Qashqadaryo viloyati – 2731 ta

Surxondaryo viloyati – 2075 ta

Buxoro viloyati  – 1986 ta

Qoraqalpog‘iston – 1554 ta

Xorazm viloyati – 1511 ta

Sirdaryo viloyati – 1337 ta

Jizzax viloyati  – 1231 ta  

Navoiy viloyati – 1060 ta 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10801 | Инструменты