Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 33 mingga yaqin xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 32 783 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berildi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi ma'lum qildi.
Ushbu tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining 27 mingdan ortig‘i — oilada, 3 mingdan ortig‘i — ko‘chada, 1 mingdan ortig‘i — jamoat joyida, 81 tasi — ta’lim muassasasida, 429 tasi — ish joyida sodir etilgan.
Jismoniy zo‘ravonlik — 9155 ta, jinsiy zo‘ravonlik — 68 ta, iqtisodiy zo‘ravonlik — 340 ta, ruhiy zo‘ravonlik — 18 mingdan ortiq, tazyiq — 6 mingdan ortiq.
Farg‘onada — 2520 nafar, Xorazmda — 1501 nafar. Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiyda esa tazyiq va zo‘ravonlik holati kamaygani aniqlandi.
Himoya orderi berish natijasida 16 mingdan ortiq oila yarashtirildi, 14 mingdan ortiq nizo bartaraf etildi, rasmiylashtirilgan 2862 ta himoya orderi natijasida ma’muriy-jinoiy javobgarlik belgilanib, xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda ijtimoiy reabilitatsiya ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 6 ta qarori, 4 ta qonun loyihasiga asoslantirilgan takliflar kiritildi. 8 ta vazirlik va idoralar bilan oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha 2022-yil iyul-dekabr oylariga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga oid qo‘shma qaror qabul qilindi va ijrosi nazoratga olindi.
9 ta vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy davlatlarga uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslar, voyaga yetmaganlar orasida salbiy holatlarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, ijroga yo‘naltirildi.
Chekka hududlardagi mahallalarda istiqomat qiluvchi ayollar uchun ijtimoiy reabilitasiya qilish xizmatini kengaytirish maqsadida 28 ta hududiy va namunali tumanlararo markazlar qoshida 135 ta ijtimoiy maslahatxona tashkil etildi. Ushbu markazlar orqali 5 000 dan ortiq xotin-qizlarga maslahatlar va tavsiyalar berilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101809 | Инструменты