Ayrim joylarda qor yog'adi
O'zbekistonga ertadan salqin havo massasi kirib keladi. 18 oktabrda shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kunduz kunlari asta-sekin pasayadi va 18 oktabrda 21-26 darajani, shimolda 15-20 darajani;
19 oktabrda 28-23 darajani, shimolda 13-18 darajani tashkil etadi. Havo harorati kechalari 6-11 darajagacha, shimolda 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 18 oktabr kuni kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19 oktabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.
Toshkentda: havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi 25-27 daraja, shanba kuni 23-25 daraja, yakshanba kuni 19-21 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat asta-sekin 8-10 darajagacha pasayadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101716 | Инструменты