Huawei 1
O'zbekistonda ayrim iste’mol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkada qo‘llanilishi uzaytirildi

"Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi. 

Jumladan:

- yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;
- pishloq va tvoroglar;
- yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;
- yangi olma, nok va behi;
- bug‘doy yoki javdardan tashqari g‘alla donidan un;
- kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11111 | Инструменты