10 yildan beri Rossiya Federatsiyasida ishlab kelaman, ya’ni asosan fevral-noyabr oylarida RF yollanma ishchi sifatida ishlayman. Bu davr ish stajiga hisoblanadimi? Ushbu savolga Pensiya jamg'armasi batafsil tushuntirish berib o'tdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining, “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan, chet elda ishlash davrlari:
- mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy ravishda 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari;
- 2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
- 2020 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliqlar to‘langan davr ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘zi uchun mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib ijtimoiy soliqni to‘lashni quyidagi tartibda amalga oshirish huquqiga ega:
- har oyda yoki har chorakda;
- bir yo‘la — O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.
Bunda shaxsning O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganlik fakti shaxsning pasporti va yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining "Manzil" axborot tizimidan olingan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq to‘langan davr pensiya tayinlashda ish staji hisobida inobatga olinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61705 | Инструменты