Huawei 1
O'zbekistonda dam olish kunlari sovuq ob-havo kuzatiladi

Kecha yurtimiz hududiga Volgabo'yi hududlaridan sovuq va nam antitsiklon kirib kelishi natijasida hududlarning katta qismida yomg'ir, tog'li hududlarda esa yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) ga sabab bo'ldi. Respublika bo'ylab joylarda yog'ingarchilik kuchli bo'ldi. Faqat O'zbekistonning shimoli — g'arbiy tumanlarida ob-havo yog'ingarchiliklarsiz bo'ldi.

Bugun yomg'ir faqat Farg'ona vodiysi viloyatlarida kechqurunga kelib Surxondaryo viloyatlarida saqlanib qoladi. Qolgan hududlarda esa yog'ingarchiliklar kuzatilishi ehtimoldan yiroq. Havo harorati 6-11 daraja atrofida, o'rtacha me'yorlardan 5-7 darajaga pastdir.

14-15 noyabr kunlari respublika hududiga Ural rayonlaridan sovuq havo kirishi kutilmoqda. 14 noyabrda Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatida, 15 noyabrda Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida qisqa muddatli yog'ingarchilik (yomg'ir, qor), qolgan hududlarda esa yomg'ir kuzatilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin.

Dam olish kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 1-3 daraja sovuq, shimoliy hududlarimizda esa 4-9 daraja sovuq bo'ladi, kunduzi esa 6-11 daraja iliq bo'ladi, bu o'rtacha me'yorlardan 5-7 darajaga pastdir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80923 | Инструменты