Huawei 1
Xitoyda o‘likxonadan 4 mingdan ortiq jasadlar o‘g‘irlab ketilgani aniqlandi

Xitoydagi jinoiy guruh a’zolari krematoriyadan 4 mingdan ortiq jasadni o‘g‘irlagani aniqlandi. Bu haqda South China Morning Post nashri yozmoqda.

Taiyuan shahar politsiyasi jasadlarni o‘g‘irlash va qayta sotish bo‘yicha ishni tergov qilmoqda. Xabar qilinishicha, Shanxi Aorui Biomaterials kompaniyasi Sichuan va Shandun provinsiyalari, shuningdek, Guansi-Chjuan avtonom tumanidan murdalar va tana qismlarini noqonuniy sotib olib, ulardan tish uchun transplantatlar ishlab chiqarishda foydalanganlikda gumon qilinmoqda.

Kompaniya mazkur tish transplantatlari sotuvidan 380 million yuan (taxminan 53 million dollar) daromad olgani aniqlangan.

Umuman olganda, tergov davomida politsiya tomonidan 18 tonnadan ortiq suyaklar va 34 mingdan ortiq yarim tayyor va tayyor mahsulotlar musodara qilingan. Shanxi Aorui Biomaterials bosh direktori Yunnan, Guychjou va Sichuan provinsiyalari hamda Chongsin shahridagi krematoriyalardan 4 mingdan ortiq odam jasadi o‘g‘irlanganini tan oldi.

Politsiya, shuningdek, Shandun provinsiyasidagi Qingdao universiteti kasalxonasi qoshidagi Jigar tadqiqot markazi tegishli kompaniyaga murdalarni noqonuniy ravishda sotgani haqidagi xabarlarni ham tekshirmoqda.

South China Morning Post nashrining xabar berishicha, ish bo‘yicha tergov davomida 75 nafar gumondor qo‘lga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91012 | Инструменты