Huawei 1
O'zbekistonda elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 1-avgustdan ishga tushiriladi

Joriy yilning 1-avgustidan O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangi billing tizimi joriy etiladi. Bu haqda 11-iyul kuni “Hududiy elektr tarmoqlari"da o‘tkazilgan matbout anjumanida korxona boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Alvar G‘aybullayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Spot”. 

Hozirda korxona iste’molchilariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi hisobi 2012-yilda joriy qilingan billing to‘lov tizimi asosida yuritiladi.

“Bizga zamonaviy billing tizimi kerak edi, 2022-yilning oxirida yangi tizim bo‘yicha texnik shartlar ishlab chiqildi. Joriy yilning 1-avgustidan butun mamlakatda mazkur tizim yangilanadi”, — dedi G‘aybullayev.

Uning qayd etishicha, hozirda mazkur tizim sinov tarzida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joriy etilgan.

Amaldagi tizimda abonentning ism-familiyasi, pasport ma’lumotlari va hisob-raqami bo‘lgan bo‘lsa, yangi tizimda abonentning kadastr ma’lumotlari, bitta odam nomida nechta hisob raqami borligi kabi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.

Yangi tizimda monitoring ishlarini olib borish maqsadida iste’molchining shikoyat va takliflari, ularning soni ham yozib boriladi. “Umuman boshqa billing bo‘ladi”, deydi Alvar G‘aybullayev.

Bundan tashqari, tizimning mobil ilovasi ham ishlab chiqildi. U orqali amalga oshirilgan to‘lovlar hamda iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdorini onlayn olish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, u “aqlli” hisoblagich bilan ta’minlanganlik darajasi 90%ni tashkil etishini bildirdi. Hududlarda 782 mingta “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda shundan 210mingta abonent qolgan.

Joriy yilning 1-avgustigacha qolgan iste’molchilar ham “aqlli” hisoblagichlar bilan ta’minlanadi. Natijada, ko‘rsatkich 100%ga yetkazilishi, ya’ni mavjud 8,5 mln abonent qamrab olinishi kutilmoqda.

“Bir narsani aytish kerakki, mamlakatda 100% „aqlli“ energiya hisoblagichlari o‘rnatildi, deb bo‘lmaydi, nimaga deganda, yillik o‘sish 2%ni tashkil etadi: aholi ko‘paymoqda, uy-joy qurilmoqda, ishlab chiqarish ortmoqda. Shunday ekan, ko‘rsatkichni 100% yetkazib bo‘lmaydi”, — dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122316 | Инструменты