Huawei 2
O'zbekistonda  “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan biznes vakillarini rag‘batlantirish maqsadida “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu nishon bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish, innovasiyalar joriy qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaxassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan tadbirkorlar taqdirlanadi. Bu yil uchun respublikaning deyarli barcha viloyatlaridan jami 100 nafar tadbirkor mana shu mukofot bilan taqdirlanadi.

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni har yili 20-avgust — "Tadbirkorlar kuni" arafasida topshiriladi. Shuningdek, bu mukofot bilan taqdirlangan shaxslar haqida har yili “Yilning ilg‘or tadbirkorlari” kitobi chop etib boriladi.

Moliya vazirligi har yili “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonini berish, uni tayyorlash hamda “Yilning ilg‘or tadbirkorlari” kitobini chop etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar uchun Savdo-sanoat palatasining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq respublika byudjetidan tegishli mablag‘larni ajratadi.

Shuningdek,  Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi ,O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyalari ushbu taqdirlashga bag‘ishlangan tadbirlarni OAV, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga