Huawei 1
O'zbekistonda fuqarolarga qonunchilik tashabbusi berilishi mumkin

"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

O‘zgartirishlar qatorida – quyidagi subyektlar tomonidan  qonunchilik takliflarini ilgari surish va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish mumkinligi ko‘zda tutilgan:

- 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar;
- Senat;
- Ombudsman;
- Markaziy saylov komissiyasi.

Shu bilan birga, quyidagi masalalar fuqarolar tomonidan kiritiladigan qonunchilik taklifining predmeti bo‘lishi mumkin emas:

- O‘zbekiston hududiy yaxlitligini o‘zgartirish;
- amnistiya va afv etish;
- mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.

Shuningdek, qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutmoqda:

- Oliy Majlis Qonunchilik palatasining va Senatining mutlaq vakolatlarini hamda parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirishni;
- qonunlarni qabul qilishning yangi tartibini amaldagi qonunchilikda belgilashni.

Loyiha bilan Saylov kodeksi va quyidagi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda:

«Prokuratura to‘g‘risida»;
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»;
«Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»;
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»;
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»;
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»;
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida»;
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida»;
«Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»;
«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»;
«Parlament nazorati to‘g‘risida»;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»;
O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida».

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60714 | Инструменты