Huawei 1
O'zbekistonda ikki yil ichida 3 mingga yaqin mikro GESlar quriladi

Prezident tomonidan 28.03.2025 yildagi «Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-129-son qaror imzolandi.

2025-2026 yillarda respublika bo‘ylab 3 mingga yaqin mikro gidroelektr stansiyalarini qurish rejalashtirilgan. Eng ko‘pi Andijon viloyatida (763 ta), eng kami poytaxtda quriladi.

 Natijada 280 ming aholi elektr energiyasi bilan taʼminlanadi. Shuningdek, 1,2 mingta vaqtinchalik, keyinchalik esa 520 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Mikro GESlar tayyor biznes-loyiha sifatida quyidagi tartibda sotiladi:

• asosiy mezoni bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddatini qisqartirish hisoblangan onlayn auksion savdolari asosida mikro GESlar tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilinadi;

• boshlang‘ich badal qiymatning 30 foizini tashkil etadi, qolgan 70 foizini boshlang‘ich muddati 60 oy bo‘lgan davr mobaynida to‘lanadi;

• auksion savdolarini o‘tkazish reglamenti Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Energetika vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40801 | Инструменты