Huawei 1
O'zbekistonda ish haqi va nafaqa pullari talon -toroj qilinishi bilan bog'liq  63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Bosh prokurorning O'zbekiston aholisiga yo‘llagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berdi:

Prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar”ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oilaga har tomonlama ko‘mak berilmoqda.

Jumladan, ularga moddiy yordam kursatilishi bilan birgalikda, 189 tasining uy – joyi taʼmirlanib, 61 tasiga yangi uy - joylar qurib berildi. 3 ming nafardan ortiq ehtiyojmand oilaning ishsiz aʼzolari bandligi taʼminlandi.

O‘tgan 9 oyda 3851 nafar yoshlarning ish bilan taʼminlanishida, 6633 nafariga ijaraga yer ajratilishida, 1925 nafarining tadbirkorlikka jalb etilishida, 5 573 nafarini o‘zini o‘zi band qilishida, 4 388 nafarining kasb - hunar kurslarida o‘qitilishida ko‘maklashildi.

Aholi bandligini taʼminlash sohasida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari buyicha 1 198 nafar shaxs intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 61 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 8 573 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

366 nafar ishchi - xizmatchilarning kechiktirilgan 2,4 mlrd so‘m ish haqlari undirib berilishi taʼminlandi.

Shu bilan birga, ish haqi va nafaqa pullarining 5,2 mlrd so‘mi talon -toroj qilinganligi aniqlanib, 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bevosita prokurorlar tashabbusi bilan 631 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ularda 9 371 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101818 | Инструменты