Mazkur ishlar uchun jami 3,1 trln so'm mablag' yo'naltirilishi belgilangan
O'zbekistonning barcha hududlarida yangi maktablar bunyod etilmoqda, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda yoki mukammal ta’mirlanmoqda.
Respublika bo'ylab jami 788 ta maktab qurish va ta'mirlash ishlari amalga oshirladi. Mazkur qurilish-ta’mirlash hamda jihozlash ishlari uchun jami 3,1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan.
Jumladan:
Yana bir xayrli tashabbus sifatida “Tashabbusli budjet” loyihasi asosida ham yurtimizdagi qator umumta’lim maktablarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston “Ochiq budjet” portali orqali shu yilning o‘zida yurtimizdagi 873 ta umumta’lim maktablarini qurilish-ta’mirlash bo‘yicha xalqimiz tomonidan tashabbus ko‘rsatilgan.
Unga ko‘ra, 302,1 mlrd qiymatga ega shartnoma tuzilgan bo‘lib, bugunga qadar 196,2 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari bajarilgan bo‘lib, bu ishlar davom etmoqda. Umumhisobda joriy yilda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan umumta’lim maktablari soni 1500 tadan ortiqni tashkil etmoqda, deyiladi xabar xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51501 | Инструменты