O'zbekistonda kelin homiladorligi sababli muddatidan oldin qayd etilgan nikohlar soni 7,5 mingdan ziyodni tashkil qildi
Oila kodeksiga asosan nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshirilishi belgilangan.
Lekin alohida hollar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.
FHDY organlari tomonidan 2022-yilning 1-iyun holatiga respublika bo’yicha 90 543 nikoh qayd etilgan. Shundan homilador bo’lganligi sababli muddatidan oldin nikohni qayd etish holatlari 7 612 tani (8 foiz) tashkil qildi.
Ushbu holatlar bo'yicha eng yuqori koʻrsatgich Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 513 ta (40 foiz), Xorazm viloyatida 882 ta (12 foiz), Qashqadaryo viloyatida 797 ta (9 foiz) va Surxondaryo viloyatida 679 ta (9 foiz)ni tashkil qilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51503 | Инструменты