O'zbekistonda kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari tasdiqlandi
Hukumatning “Kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan hamda texnik ko‘rikdan o‘tkazish qoidalari tasdiqlandi.
Kichik hajmli kema – asosiy dvigatellari quvvati 55 kVt (75 ot kuchi) va yo‘lovchi sig‘imi 12 kishidan ortiq bo‘lmagan o‘ziyurar kemalar, osma motorli kemalar, suv motosikllari (gidrosikllar), yuk ko‘tarish qobiliyati 80 registr tonnadan ortiq bo‘lmagan o‘ziyurmas kemalar (eshkakli qayiqlar va suv velosipedlari), yelkanli kemalar havo bosimi bilan to‘ldiriladigan yoki shishiriladigan motorsiz eshkakli qayiqlar.
Jismoniy yoki yuridik shaxs kichik hajmli kema xarid qilganda texnik holatidan qat’i nazar, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli hududiy boshqarmaga 30 ish kunida murojaat etadi.
Kemani ro‘yxatdan o‘tkazishni Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Kichik xajmli kemalar” axborot tizimi orqali ham amalga oshirish mumkin.
Arizalar 1 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Shunga ko‘ra, kichik hajmli kema dastlabki texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi va kema bileti rasmiylashtiriladi.
Kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagicha to‘lovlar undiriladi:
- motorli kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) – BHMning 20 foizi (49 ming so‘m);
- motorsiz kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) – BHMning 10 foizi (24 500 so‘m);
- kema bileti dublikatini berish – BHMning 10 foizi (24 500 so‘m).
Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan kemalardan foydalanish taqiqlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122620 | Инструменты