Huawei 1
O'zbekistonda yana 10 ta yangi bog'cha ochildi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida bir kunning oʻzida 3 ta maktabgacha taʼlim dargohi faoliyat boshladi. Buning natijasida yana 300 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlimga qamrab olindi. Bu haqda Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, “Balandchayla” MFYda 150 oʻringa moʻljallangan 23-DMTT, “Toʻqboy” MFYda esa Nilufar Sanayeva rahbarligidagi 100 oʻrinli xususiy va «Savsantepa» MFYda Iroda Mengaliyeva tashabbusi bilan 50 oʻringa moʻljallangan oilaviy bolalar bogʻchasi faoliyat boshladi.

Shu bilan birga, Surxondaryo viloyati ham 4 ta maktabgacha taʻlim tashkiloti ochildi. Jumladan, Oltinsoy tumani “Oqarbuloq” mahallasida 90 oʻrinli yengil konstruksiya asosida qurilgan 25-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bolajonlarga oʻz eshigini ochdi.

Ushbu tashkilotga hududdagi 24 nafardan ortiq pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilindi. Shundan 2 nafar xodim “Ayollar daftari”da hamda 1 nafar xodim “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turuvchi fuqarolardir.

Viloyatdagi Boysun tumanning olis va togʻli hududida zamon talablariga mos maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat boshladi.

Boysun tuman markazidan 15 km olisda joylashgan “Toʻda” mahallasida 90 oʻrinli yengil konstruksiya asosida qurilgan 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻz faoliyatini boshladi.

Ushbu tashkilotga hududdagi 25 nafardan ortiq pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilindi. Shundan 6 nafar xodim “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi fuqarolardir.

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Bogʻiston” mahallasida 50 oʻrinli 56-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha taʻlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi.

Sherobod tumani “Chuqurkoʻl” mahallasida 90 oʻrinli yengil konstruksiya asosida qurilgan 38-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochildi.

Ushbu tashkilot mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan yangidan qurildi. Bundan tashqari, aholi bandligini taʼminlash maqsadida, ushbu tashkilotga hududdagi 17 nafar pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilindi. Shundan 2 nafar xodim “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi fuqarolardir.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida bir kunda 3 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.

Tumanning “Mirzo Ulugʻbek” mahallasida 150 oʻrinli 16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti investitsiya dasturi asosida 5 mlrd 700 mln soʻm mablagʻ evaziga yangitdan bunyod etildi.

T.Axmedov mahallasida “Obod qishloq” dasturi bilan 150 oʻrinli 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 4mlrd 300mln soʻm mablagʻ sarflandi.

Tumanning “Navbahor” mahallasida joylashgan 20-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti esa homiylik asosida qurilgan boʻlib, 7 mlrd mablagʻ evaziga 100 nafar bolajonni oʻz bagʻriga oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122021 | Инструменты