O'zbekistonda yil boshidan beri 197 ming nafar juftlik qonuniy nikohdan o'tgani ma'lum qilindi

2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha 197 ming 13 ta juftlik nikohdan o'tgan. Bu o‘tgan yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 9750 taga kam.

O'zbekiston bo'yicha eng ko'p nikoh Samarqandda qayd etilgan. Ushbu viloyatda 22 ming 329 ta juftlik qonuniy nikohdan o'tgan.

Quyida hududlar bo'yicha qayd etilgan nikohlar ro'yxati:

— Sirdaryo viloyati – 5164 ta

— Navoiy viloyati – 6335 ta  

 — Jizzax viloyati – 8536 ta  

— Qoraqalpog‘iston R. – 10895 ta  

— Buxoro viloyati – 10907 ta

— Xorazm viloyati – 11039 ta

— Namangan viloyati – 14659 ta  

— Toshkent viloyati – 16226 ta

— Toshkent shahri – 16383 ta

— Andijon viloyati – 16402 ta

— Surxondaryo viloyati – 16885 ta

— Qashqadaryo viloyati – 20298 ta

— Farg‘ona viloyati – 20955 ta  

Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekistonda yil boshidan beri qancha qiz 20 yoshgacha nikohdan o‘tgani, 20 yoshgacha farzandli bo‘lgan ayollar qaysi hududlarda ko'pligi, 8 oyda 372 nafar qizlar 20 yoshgacha nikohdan ajrashgani haqida xabar bergandik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51502 | Инструменты