O'zbekistonda YeTTB ko‘magi bilan DXSH asosida 18 ming o‘rinli talabalar turar joylari quriladi

Prezidentning 2022-yil 8-apreldagi farmoni bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy ta’lim muassasalari uchun talabalar turar joylarini qurish loyihasini amalga oshirish vazifasi belgilangan.

Mazkur Farmonda belgilangan 18 ming o‘rinli talabalar turar joylari qurish loyihasini amalga oshirish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Davlat-xususiy sherikchilik bo‘yicha konsalting bo‘limi boshlig‘i, direktor o‘rinbosari Markos Martinez Garsia hamda ushbu loyiha doirasida jalb etilgan Rebel Group International bv. konsalting kompaniyasi rahbari Rolf Dauskardtlar bilan vazirlik binosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov va Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida, loyiha doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar turar joylarini qurish loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda amalga oshirilgan ishlar hisoboti muhokama qilindi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari S. Buzrukxonov bugungi kunda talabalar turar joylariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, ushbu loyihaning dolzarbligini ta’kidlab o‘tdi hamda ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61306 | Инструменты