Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 455 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 112 093 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich 2018/2019 o‘quv yili boshiga nisbatan 8,1 barobarga yoki 98 324 nafarga ko‘paygan.
Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni:
— 2018/2019-o‘quv yili boshiga – 13 769 nafar
— 2019/2020-o‘quv yili boshiga – 21 042 nafar
— 2020/2021-o‘quv yili boshiga – 26 970nafar
— 2021/2022-o‘quv yili boshiga – 30 553 nafar
— 2022/2023-o‘quv yili boshiga – 45 927 nafar
— 2023/2024-o‘quv yili boshiga – 64 010 nafar
— 2024/2025-o‘quv yili boshiga – 112 093 nafar.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2024/2025-o‘quv yili boshiga umumtaʼlim muassasalarida bir nafar o‘qituvchi (o‘rindoshlarsiz)ga o‘rtacha 12 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelishi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31418 | Инструменты