O'zbekistonga anomal sovuq havo kirib keladi
O'zbekistonda ob-havo sharoitini hali ham markazi Sibir hududlari ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilamoqda. Yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi.
Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Kechalari -5, -10 darajagacha, shimolda va cho'l hududlarida -12, -17 darajagacha sovuq bo'ladi. Hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0-5 daraja sovuqdan oshmaydi. Hafta davomida havo harorati o'rtacha yillik qiymatlardan 8-10 darajaga past bo'ladi.
Respublikaning ba'zi joylarida tuman kuzatiladi. Ushbu davrda tog'li hududlarda qor ko'chishi xavfi bor.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51909 | Инструменты