O'tgan yilning 11 oyida mingga yaqin talabalar AQSHga borgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 11 oyida 138,9 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida xorijga chiqqan.
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida oʻzbekistonlik talabalar oʻqish maqsadida eng koʻp safar qilgan davlatlar quyidagilar:
— Qirgʻiz Respublikasi – 52 291 kishi
— Tojikiston – 47 213 kishi
— Rossiya – 13 128 kishi
— Qozogʻiston – 10 646 kishi
— Turkiya – 5 265 kishi
— Janubiy Koreya – 4 645 kishi
— AQSH – 987 kishi
— Buyuk Britaniya – 971 kishi
— Belarus R. – 928 kishi
— Germaniya – 772 kishi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91803 | Инструменты