"O'zmilliybank" AJ RIA Money Transfer xalqaro pul o'tkazmalarini ishga tushirdi, ularni uydan chiqmasdan onlayn tarzda amalga oshirish mumkin.
Pul mablag‘larini bankning Milliy mobil ilovasida yuborish va qabul qilish mumkin:
1. Ilovani oching;
2. "Xalqaro o‘tkazmalar" bo'limiga o'ting;
3. Ria-ni tanlang va kerakli ma'lumotlarni kiriting;
4. Pul yuboring yoki oling.
O'tkazmalar uchun mahalliy (UzCard, HUMO) va xalqaro (Visa, Mastercard) to'lov tizimlarining kartalaridan foydalanish mumkin.
Ria Money Transfer - pul o'tkazmalari sohasida dunyodagi yetakchilardan biri bo`lib, kompaniya 37 yildan ortiq tajribaga ega. Pul o'tkazmalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlari va hududlarida 600 000 dan ortiq punktlarda mavjud.
RIA o'tkazmalari - yaqinlaringiz va do'stlaringizga dunyoning istalgan nuqtasiga pul yuborishning qulay vositasi.
“O'zmilliybank” AJ istalgan vaqtda, istalgan joyda, navbat va keraksiz hujjatlarsiz tez va xavfsiz xalqaro o'tkazmalarni amalga oshiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111715 | Инструменты