Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-oktabrdagi 525-sonli qarori bilan Babomuradov Ozod Jo‘rayevich Jizzax shahridagi "Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti" federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi.
Ozod Babomuradov 1976-yil 17-noyabr kuni Jizzax viloyatida tug’ilgan.
U 1998-yilda Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. Texnika fanlari doktori, professor.
U o’z mehnat faoliyatini 1998-yilda Jizzax politexnika instituti injener-dasturchisi sifatida boshlab, institut stajyor-o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kibernetika instituti qoshidagi Kompyuter texnologiyalari akademik litsey o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika va informatsion texnologiyalar instituti katta ilmiy xodimi, doktoranti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassalarida elektron ta’limni joriy etish markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, monitoring va tahlil bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi mudiri kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Babomuradov 150 dan ziyod ilmiy maqolalar va ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik, 4 ta monografiya, 20 dan ziyod yaqin dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar muallifi hisoblanadi.
Tayinlovga qadar Jizzax shahridagi "Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti" federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filiali ijrochi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61306 | Инструменты