Huawei 1
Suriya shimolida avtomobilning portlashi oqibatida 15 kishi halok bo'ldi

Suriya shimolidagi Manbij shahrida avtomobil portlashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda SANA agentligi xabar berdi.

Hodisa Manbij shahri atrofidagi trassada yuz bergan. Qishloq xo‘jaligi ishchilarini tashiyotgan mashina yonida minalangan avtomobil portlagan. Qurbonlarning 14 nafari ayol va biri erkak hisoblanadi. Hodisa oqibatida 15 nafar ayol jarohatlangan, ulardan ayrimlarining ahvoli og‘ir. 

Bu Manbijda so‘nggi bir necha kun ichida kuzatilgan ikkinchi shunday hodisadir. 1-fevral kuni shahar markazida minalashtirilgan avtomobil portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgandi. To‘qqiz kishi, shu jumladan, bolalar yaralangandi.

“Suriyaning tinch aholi yashaydigan hududlariga hujumlar davom etayotgani; 14 yilga cho‘zilgan, endi barham topgan Asad rejimining urushi ta’siridan o‘zini tiklashga urinayotgan paytda nishonga olinayotgani ularning hayotiga tahdid solmoqda. Gumanitar fojia chuqurlashmoqda, ta’lim va qishloq xo‘jaligi faoliyati hamda tirikchiligi izdan chiqmoqda, Suriyadagi gumanitar vaziyatni yomonlashtirmoqda”, dedi fuqaro mudofaasi tashkilotining direktor o‘rinbosari Munir Mustafo.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20319 | Инструменты