Parkent tumanidagi "Quyoshli" va "Navroʻz" mahallalaridagi koʻp qavatli uy-joylar issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.
Mazkur doiradagi ishlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 2 milliard 600 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20521 | Инструменты