Huawei 1
Paxta xomashyosini o'z mablag'lari hisobidan yetishtirganlarga belgilangan miqdorda subsidiya ajratiladi

“Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo'llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2025-yil paxta hosilidan:

- fyuchers shartnomalari kalendar yilning 1-noyabridan keyingi yilning 1-iyunigacha xo'jaliklar va qayta ishlovchilar o'rtasida birjada erkin shakllanadigan, biroq e'lon qilingan boshlang'ich narxdan past bo'lmagan narxda tuziladi;

- forvard shartnomalari kalendar yilning 1-noyabridan keyingi yilning 1-martigacha xo'jaliklar va qayta ishlovchilar o'rtasida o'zaro kelishilgan narxlarda tuziladi;

- spot shartnomalari real vaqt rejimida omborda saqlanayotgan paxta xomashyosi hajmiga xo'jaliklar va qayta ishlovchilar o'rtasida o'zaro kelishilgan narxda tuziladi;

- saqlash omborlari yoki ijara shartnomalari mavjud bo'lmagan xo'jaliklar o'zi yetishtiradigan paxta xomashyosi bo'yicha har hosil yilining 1-martigacha forvard yoki 1-iyunigacha fyuchers shartnomalari rasmiylashtiradi;

Shuningdek, 2025-yil hosilidan paxta xomashyosini o'z mablag'lari va tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, Birjada sotgan xo'jaliklarga shakllangan hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

Bundan tashqari, paxta xomashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni hosil yilining yakuniga (tegishli yilning 31-dekabriga) qadar qaytargan xo'jaliklarga ushbu kreditlar bo'yicha to'langan foiz to'lovlarining 4 foizlik punktini subsidiya sifatida qaytarib berish tartibi joriy etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43006 | Инструменты