Huawei 1
"Paxta yetishtirish tannarxini kamaytirish va hosildorlikni oshirish shart" — Shavkat Mirziyoyev

Prezident raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida yirik korxonalarning mahallalarda filiallarini tashkil qilish amaliyotini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Chunki korxona boshqa hududda filial ochsa, ortiqcha vaqt va xarajat qilib, yangidan standart joriy qilishi yoki sertifikat olishi shart emas.

O‘z faoliyatini yiriklashtirgan korxonalar bilan ishlashda Soliq qo‘mitasi huzuridagi Yirik soliq to‘lovchilar inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bundan buyon Inspeksiya faqat yirik strategik tarmoqlarga mas’ul bo‘lishi taklif qilindi.

To‘qimachilik korxonalari uchun eng katta masalalardan biri bu – xomashyo.

Yurtimizda 1 million 300 ming tonna tolani qayta ishlash quvvati bor. Keyingi 2 yilda yangi loyihalar hisobiga ushbu quvvatlar 1,5 million tonnaga yetadi. Lekin hozirda 1 million tonnaga yaqin tola ishlab chiqarilmoqda.

Bunday sharoitda yakkayu-yagona yo‘l – paxta yetishtirish tannarxini kamaytirish va hosildorlikni oshirish shartligi ta’kidlandi.

Bundan buyon viloyatda qayta ishlashni birinchi va ikkinchi zanjiri bor to‘qimachilik korxonasi paxta xomashyosini fermerdan bozor narxida sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi va o‘z vaqtida yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga