Pensionerlar ham bankdan kredit olsa bo'ladimi?
2022-yil 27-may sanasida AOKAda O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi brifingi bo'lib o'tdi. Unda assotsiatsiya axborot xizmati rahbari Hadiya Abdullayeva aholidan kelgan savollarga batafsil javob berdi.
Savollardan biri quyidagicha: "Men pensionerman. Bankdan kredit olsam bo'ladimi?".
Axborot xizmati rahbari ushbu savolga "ha" deb javob bergan. Unga ko'ra, nafaqaxo'rlar Xalq bankidan ta'minotsiz pensiya-overdraft kreditidan foydalanishi mumkin, hamda boshqa banklarning ham o'z siyosatidan kelib chiqib kredit olsa bo'ladi.
Kredit olish shartlari:
Pensionerlar Xalq bankining ta’minotsiz pensiya-overdraft kreditidan foydalanishi mumkin. Kredit summasi — pensiya miqdorining 50 foizigacha, ammo bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravaridan ko‘p bo‘lmasligi belgilangan. Muddati — 12 oy, foiz stavkasi – yillik 17 foiz.
Qanday hujjatlar talab etiladi?
Ariza va pensionerning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi kifoya.
Xalq bankidan tashqari banklarda ham bu tizim ishlaydimi?
Boshqa tijorat banklari ham o‘z ichki kredit siyosatidan kelib chiqib pensionerlar uchun mikroqarz, iste’mol kreditlari ajratishi mumkin. Aniq shartlari esa tijorat banklarining rasmiy veb-saytlarida ko‘rsatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42711 | Инструменты
Onlayin kredit olmoqshi edim qanaqa qilib olsam buladi pensiyanerman