Huawei 1
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani yapon tiliga tarjima qilindi

O`zbek adabiyotining yorqin namoyandasi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani tarjimon Xisako Yamaguchi tomonidan yapon tiliga tarjima qilindi.

Ushbu romanning O`zbekiston va Yaponiya o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatilganligining 30 yillik yubileyi doirasida hamda O`zbek tili bayrami kuni arafasida nashr etilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchinchi Renessans poydevorini qurayotgan yangi O`zbekistonda milliy adabiyot va madaniyatni chuqur o`rganish va uni ommalashtirishga har qachongidan ham ko`proq ahamiyat berilmoqda. Shu ma’noda, o`zbek xalqining sevimli adibi, O`zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanini yapon tilida nashr qilinishi buning yorqin misoli bo`ldi.

O'zbekiston va Yaponiya o`rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Bunda qadimdan Buyuk ipak yo`li orqali bog`langan ikki mamlakat xalqlarining tarixiy aloqalari hamda mushtarak ma’naviy qadriyatlari mustahkam asos bo`lib xizmat qilmoqda.

Pirimqul Qodirovning ushbu romani Yaponiyada O'zbekiston madaniyati va tarixi haqida yapon hamjamiyatining tasavvurini yanada boyishiga xizmat qiladi, ikki xalq o'rtasidagi do'stlik rishtalari va madaniy aloqalarni izchil rivojlantirishga hissa bo'lib qo'shiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102219 | Инструменты